GORLOVKA

GORLOVKA — Ukrainaning Donesk viloyatidagi shahar (1932-y. dan). T. y. tuguni. Donesk sh. dan 53 km shim.sharqda. Axolisi 316 ming kishi (1997). Toshkoʻmir, mashinasozlik, kimyo, koks kimyosi, oziq-ovqat, yengil, yogʻochsozlik sanoati korxonalari, simob k-ti, tarix muzeyi, badiiy muzey, chet tillari ped. in-ti bor. G. ga 1867-y. asos solingan.