GOMRUL

GOMRUL (ing. Home Rule, aynan — oʻz-oʻzini boshqaruv) — Irlandiyani Buyuk Britaniya imperiyasi doirasida oʻz-oʻzini boshqarish dasturi; 1870-y. larda ilgari surilgan. Gomrul uchun harakat rahbarlari I. Batt, Ch. S. Parnell, J. E. Redmond va b. Fakat 1919—21 y. lardagi ozodlik urushidan soʻnggina Irlandiya dominion boʻlgan (1921-y. dagi ingliz-irland bitimi); ammo Shim. Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida qolgan.