GOKLA

GOKLA (7—1669/70) — Shim. Hindistonda dehqonlar qoʻzgʻolonining rahbari, dehqon-jot q(. Jopglar). 1669-y. da Matra okrugining dehqonjotlari zamindorlar zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarganlar. Qoʻzgʻolonchilar Gokla rahbarligida hukumat qoʻshinlari ustidan bir necha bor gʻalabaga erishganlar. Biroq Avrangzeb qoʻmondonlaridan Hasan Qulixon qoʻshini zarbasiga chidash bera olmagan Gokla 7 ming qoʻzgʻolonchi bilan asir tushgan va qatl etilgan.