GLIKOLIZ

GLIKOLIZ (yun. Clylys — shirin va lysis — parchalanish) — uglevodlar (asosan glyukoza)tt sut kislotasigacha anaerob parchalanish jarayoni; bijgʻishning bir turi. Glikolizda ajralib chiqqan energiya adenozintrifosfat (ATF) ning fosfat bogʻlari energiyasiga aylanadi. Bu jarayonda 6 uglerodli qand — D-glyukoza hujayraning asosiy «yonilgʻi»si hisoblanadi. Glikolizda gomofermentativ sut kislotali va spirtli bijgʻish muhim ahamiyatga ega. Birinchi holda 6 uglerodli glyukoza 2 molekula 3 uglerodli sut kislotasigacha parchalanadi. Glikolizning bu xili koʻpchilik mikroorganizmlar va yuksak hayvonlar, jumladan sut emizuvchilar organizmida sodir boʻladi. Spirtli bijgʻishda 6 uglerodli glyukoza molekulasi 2 ta 2 uglerodli etanol (S2N5ON)ga v 2 molekula uglerod (1U)-oksid (SO2) gacha parchalanadi. Glikoliz jarayoni 2 bosqichda amalga oshadi. 1-bosqichda oddiy qandlar toʻplanadi va ular glitserinalde-gidfosfatga aylanib, ATF sarf boʻladi; 2-bosqichda oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi tufayli ATF hamda sut kislotasi hosil boʻladi. Glikolizning ketma-ket reaksiyalarini 11 ta ferment katalizlaydi. Bu fermentlarni erigan holda ajratib olish mumkin. Glikolizning tayyorgarlik bosqichida har xil uglevodlar ATF hisobiga fosforlanadi va glitserinaldegid-3-fosfat hosil boʻladi. Glikolizning 2-bosqichi hamma uglevodlar uchun umumiy boʻlib, unda ADF oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida energiya jamgʻarilishi tufayli ATF gacha fosforlanadi. Glikoliz ketma-ket boradigan 3 xil reaksiyalar: glyukoza-uglerod skeletining buzilib sut kislotasi hosil boʻlishi; anorganik fosfat ning ATF ning oxirgi guruhiga aylanishi; oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, yaʼni elektronlar oʻtkazish yoʻlidan iborat. Glikolizda glyukoza molekulasidagi kimyoviy energiyaning juda oz qismi ajraladi. Kislorodli bosqichda glyukoza oxirgi mahsulot — SO2 va N2O gacha parchalanib, ancha koʻp miqdordagi energiya ajralib chiqadi. Glikolizda nafas olishga nisbatan kam energiya ajralishi glyukozaga oʻxshash murakkab modda — sut kislotasi xrsil boʻlishi bilan bogʻliq. Shuning uchun sut kislotasining oksidlanish darajasi glyukozaning oksidlanish darajasiga teng. Muskullar qisqarganda sut kislotasi koʻpayib, glikogen kamayadi. Bu hol muskul qisqarishida Glikoliz energiya manbai boʻlishini koʻrsatadi. Baʼzan Glikoliz zaxiralari bilan ishlov berilganda ham muskul qisqaraveradi. Shu boisdan Glikolizning oʻzi muskul qisqarishida hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Skelet muskullari uchun Glikoliz asosiy energiya manbai hisoblanadi.