GLAUKOFAN

GLAUKOFAN (yun. glaukos— havorang yashil va faynestay—oʻxshamoq) — mineral, ishqorli amfibol. Kimyoviy formulasi Na2Mg3Al2[Si8O22]2[OH]2. Monoklin singoniyali. Choʻziq zarralar, ustunsimon, shuʼlasimon, tolasimon agregatlar. Kulrang-koʻk, yorqin-koʻk yoki zangori-qora rangli. Shishasimon yaltiroq. Qattikdigi 6,0—6,5. Zichligi 3100 — 3300 kg/m3. Asosan metamorfik slaneslarda uchraydi. Asosiy xususiyati: past t-ra va yuqori bosimda hosil boʻladi. AQSH (Kaliforniya), Fransiya (Bretan), Italiya (Aosta vodiysi), Yaponiya (Kanto), RF (Jan. Ural), Ukraina (Krivoy Rog), Qozogʻiston sharqida topilgan. Oʻzbekistonda Shim. Fargʻona, Nurota va Hisor togʻlaridagi molasslarda notoʻgʻri donachalar shaklida uchraydi.