GITLER

GITLER (Hitler) (haqiqiy familiyasi Shiklыruber) Adolf (1889—1945) — Germaniya fashistik davlati boshligʻi (1933-y. da reyxskansler boʻlgan, 1934-y. dan bu mansabni prezident lavozimi b-n birlashtirgan), fashistlar natsional-sotsialistik partiyasining fyureri (dohiysi; 1921-y. dan). Germaniyada ommaviy terrorchi fashist rejimini oʻrnatgan. 2-jahon urushini boshlash, SSSRga hujum qilish (1941-y. iyun) tashabbuskori. Sovet qoʻshinlari Berlinga kirgach, oʻzini-oʻzi oʻldirgan. Nyurnberg sud jarayonida asosiy natsist harbiy jinoyatchi deb topilgan.