GISTIOTSITLAR

GISTIOTSITLAR (gisto… va yun. hytos — hujayra) — umurtqali hayvonlar va odamlardagi biriktiruvchi toʻqima qujayralarining bir xili. Toʻp-toʻp boʻlib yoki yakka-yakka joylashadi. Yumaloq, boʻlak-boʻlak, duksimon, koʻpincha, uzun va oʻsikli boʻladi. Soxta oyoqchalar yordamida harakatlanadi. Erigan kolloid moddalarni organizmning boshqa qujayralariga nisbatan koʻproq yutib, protoplazmasiga toʻplay oladi. Fagotsitoz xususiyatiga ega boʻlgani uchun organizmda himoya vositasini oʻtaydi.