GIPOTENZIV MODDALAR

GIPOTENZIV MODDALAR (gipo… va lot. tensio — bosim) — arterial kon bosimini pasaytiruvchi moddalar (mas, oktadin, rezerpin, dibazol va b.). Gipertoniya kasalligi va arterial qon bosimining koʻtarilishi bilan kechadigan boshqa kasalliklarda ishlatiladi (yana q. Tomir kengaytiruvchi dorilar).