GIPERONLAR

GIPERONLAR (giper…) — massasi neytron massasidan katta boʻlgan beqaror ogʻir barionlar. G. yashash vaqti 10 10 s, yaʼni yadro vakti (10~23 s) dan ancha katta. Lyambda (L°), sigma (Z+, IP, Z»). ksi (3-, H°) va omega (Q.) G. i mavjud. Giperonlarning yuqori qismidagi ishoraning mutlaq qiymati elektron zaryadiga teng elektr zaryadining ishorasini koʻrsatadi. Barcha Giperonlar spini 1/2 ga teng, fakat O. niki 3/2. G. kuchsiz oʻzaro taʼsir natijasida nuklonlarga va yengil zarralar: ya-mezonlar, elektronlar, neytrinoga parchalanadi va uzoq yashaydi. Ular Vilson kamerasida iz qoldiradi. Giperonlar bir necha GeV energiyali proton tezlatkichlarda olinadi. L0-, Z», Ye – yoki Q – zarralar har doim pion yoki nuklon bilan birga paydo boʻladi, shuning uchun Giperonlar ajibzarralar deyiladi. Giperonlarning ajibligi yana shundaki, kutilganga nisbatan 1014-marta sekin parchalanadi. L° – zarra (giperon) proton va piondan 37 MeV ogʻir, u neytral, Z – zarra (giperon) L° – zarradan 78 MeV ogʻir, l~ giperon L° – zarradan 205 MeV ogʻir. Har bir Giperonlarning antizarrasi — antigiperon mavjud. Ular Giperonlardan elektr va barion zaryadlarining ishorasi bilan farklanadi.