GIDROFIZIKA

GIDROFIZIKA — geofizika boʻlimi. Suvning fizik xossalari va gidrosferavya yuz beradigan fizik jarayonlarni oʻrganadi. Bundan tashqari, suvning molekulyar tuzilishi, suv, qor va muzning fizik-mexanik xossalari, radiatsion, elektr, radioaktivlik va akustik xususiyatlari; suv havzasidagi jarayonlar — oqimlar, toʻlqinlarning hosil boʻlishi va rivojlanishi; suv loyqalarining harakati; suv havzalarining isishi, sovishi va bugʻlanishi; qor erishi; quyosh nurining suv sirtiga tushishi va tarqalishini tekshirish bilan shugʻullanadi. Gidrofizika dengiz fizikasi va quruqlik suvlari fizikasi sohalariga boʻlinadi. Oʻzbekistonda Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasida atrof muhitni muhofaza qilish borasida quruqlik suvlarida inson sogʻligʻi uchun zararli boʻlgan elementlarni va ularning miqdorini aniqlash va tahlil qilish ishlari bilan shugʻullanadi.