GIDROKON

GIDROKON,gidravlik kon — qazilma boyliklar (mas, koʻmir)ni qazish, tashish va yer sirtiga chiqarish ishlari suv oqimi energiyasi hisobiga bajariladigan shaxta. G. da suv manbai shaxtaga okib keladigan yer osti suvlari hisoblanadi. Koʻmir yuqori (5 — 10 Mya/m2) bosimli suv oqimi taʼsirida uvalatiladi yoki oldin mexanik tarzda uvalatilib, keyin suv oqimida yuvib tushiriladi. Suvni konga markazdan qochma nasoslar quvurlar orqali haydab beradi. Zaboyda uvalatib tushirilgan koʻmir suv oqimi taʼsirida metall novlarda gidrokutargich kamerasiga boradi, undan yuqoriga chiqariladi va boyitish f-kasiga yuboriladi. Bu yerda koʻmir aralashmalardan tozalanadi (boyitiladi), suvsizlantiriladi va quritiladi. Gidrokonda texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar «quruq» shaxtalardagidan yuqori boʻladi (yana q. Gidromexanizatsiya).