GIDROGEOLOGIYA VA MUHANDISLIK GEOLOGIYASI INSTITUTI

GIDROGEOLOGIYA VA MUHANDISLIK GEOLOGIYASI INSTITUTI («Gidroingeo») — Oʻzbekistonda gidrogeologik sohadagi yirik i. t. muassasasi. 1960-y. da Oʻzbekiston FA Geologiya in-tining gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi boʻlimi asosida tashkil qilingan va 1963-y. gacha Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi tasarrufida faoliyat koʻrsatgan. 1963-y. da in-t sobiq Ittifoq geol. davlat qoʻmitasi ixtiyoriga oʻtkazilib, qurgʻoq zo-nalar boʻyicha i. t. ishlari olib boradigan ilmiy markazga aylantirildi. 1969-y. dan Oʻzbekistan geol. vazirligi (1992-y. dan geologiya va mineral resurslari davlat qoʻmitasi) tasarrufida.

In-t xodimlari Urta Osiyo va Jan. Qozogʻiston hududida yer osti suvlari zaxirasining asosiy manbalarini aniqladilar. Oʻzbekistonning shahar va qishloqlarini sifatli ichimlik suvi b-n. toʻla taʼminlash ilmiy va amaliy jihatdan bashorat qilindi, yer osti suvlaridan sugʻorishda foydalanish usullari ishlab chiqildi. Respublika hududi gidrogeologik meliorativ sharoitlari, artezian suv havzalari, muhandislik geologiyasi sharoitlari boʻyicha toifalandi. Shoʻrlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun gidrogeologik meliorativ toifalashtirish va bashoratlash metodi ishlab chiqilib, shu asosda Oʻrta Osiyo regionining bashoratli xaritasi tuzildi, yer osti suvlari zaxiralarini saklash, isrof boʻlishiga chek qoʻyish va ifloslanishining oldini olish muammolari hal qilindi. Oʻzbekistonning shahar va qishloqlarida yer osti suvlari sathining koʻtarilib ketishini toʻxtatish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Togʻli joylarda odamlar hayotiga xavf solayotgan va xoʻjalikka katta zarar keltiradigan geodinamik jarayonlar (togʻ koʻchishi, qulashi, sel, karst) ning vujudga kelish qonuniyatlarini urganish metodi yaratildi.

Oʻzbekistan resggublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng, in-t quruq iqlimli mintaqalarning gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi masalalari boʻyicha i. t. olib boradigan markazga aylandi. In-tda ayni paytda ichimlik, mineral, termal va sanoat uchun zarur suvlarni kidirib topish, zaxirasini hisoblash, suvni neft mahsulotlari bilan ifloslanishdan saklash, xavfli muhandislik, geologik jarayonlarni bashoratlash, gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi boʻyicha tuzilgan hisob-kitob va rejalarni ekspertiza qilish kabi muammo va mavzular boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda.

In-tda 2001-y. da 10 ta i. t. laboratoriyasida 128 ilmiy xodim, shu jumladan 3 fan dri, 30 fan nomzodi va 36 muhandis, laborant ishladi.

1997-y. dan boshlab «Gidroingeo» inti qoshida ilmiy daraja beradigan Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatmoqda.

«Gidroingeo»ni ilmiy yoʻnalishlarini ishlab chikishda va malakali xodimlar tayyorlashda Gʻ. O. Mavlonov, A. N. Sultonxujayev, N. A. Kenesarin, S. Sh. Mirzayev, V. G. Samoylenko, N. N. Hojiboyev, A. S. Hasanov, R. A. Niyozov va b. salmoqli hissa qushdilar. In-t boy kutubxonaga ega (18 mingdan ortiq asar).