GIDRAVLIK ROSTLAGICH

GIDRAVLIK ROSTLAGICH — tezlik (aylanishlar soni)ni, bosim, t-ra, suyuqliklar sathi va b. ni rostlab turadigan qurilma. Unda tashqi manbadan keltiriladigan suyuqlik (moy yoki suv) ning bosim energiyasi rostlovchi organga taʼsir qiladi. Gidravlik rostlagich faqat integral, proporsional, integral-proporsional rostlash qonunlarini amalga oshiradi. Gidravlik rostlagichda oʻlchanadigan kattalikni proporsional kuchga (yoki siljishga) aylantiruvchi membranali, silfonli va b. qurilmalardan foydalaniladi. Gidravlik rostlagich metallurgiya, koks kimyosi, kimyo sanoati va b. da, shuningdek issiqlik elektr styalarida bugʻ qozoni bosimini rostlashda ishlatiladi.