GIBERNATSIYA (yun. hibematio — kishlash, qishki uyqu yoki hibernatio — qishki) — 1) yilning noqulay mavsumida yashab qolish uchun hayvonlarda barcha hayot jarayonlarining vaqtincha toʻxtashi, qishki uyqu;
2) issiq qonli hayvonlar va odam organizmы faoliyatining sunʼiy ravishda sekinlashtirilgan holati. Termoregulyatsiyattg neyroendokrin mexanizmlarini toʻsuvchi neyroplegik vositalarni qoʻllash orqali hosil qilinadi. G . da organizm kislorod tanqisligi (gipoksiya), ogʻriq va b. taʼsirlarga ancha chidamli boʻladi. Gibernatsiya bilan birga oz miqdorda narkotik moddalardan foydalanish orqali katta jarroxlik operatsiyalari uchun zarur boʻlgan chuqur narkoz holatini vujudga keltirish mumkin.