GIALOPLAZMA

GIALOPLAZMA (yun. hyalos — shisha va plazma) , asosiy modda — hayvon va oʻsimlik hujayrasi sitoplazmasining yorugʻlik mikroskopida koʻrinadigan strukturaga ega boʻlmagan qismi. Elektron mikroskopda Gialoplazmaning ultrastrukturasi — membranalari, ribosomalari koʻrinadi. Bu strukturalar oraligʻida matriks, baʼzan Gialoplazma deb ataladigan gomogen sitoplazma boʻladi. Gialoplazmaning bu qismi tarkibiga oqsillar, RNK, polisaxaridlar, lipidlar va b. kiradi.