GETEROKARION

GETEROKARION (getero… va yun. karyon — yadro) — ikki va undan ortiq har xil genotipli gaploid yadro hujayra. Gifalarning oʻzaro qoʻshilishidan hosil boʻladi. Bir xujayrada har xil sifatli yadroning boʻlishi geterokarioz deyiladi. Geterokarion zamburugʻlarda jinsiy jarayon bosqichi sifatida keng tarkalgan.