GETEROBATMIYA

GETEROBATMIYA (getero… va yun. bathmos — daraja, bosqich) — organizm turli qismlarining har xil darajada evolyutsion rivojlanishi. Geterobatmiya koʻproq oʻsimliklarda kuzatiladi. Mac, Trochodendraceae va Tetradendraceace oilalarining vakillarida haqiqiy oʻtkazuvchi naylar sistemasi juda sodda tuzilgan boʻlishiga qaramay, gullari yuqori darajada ixtisoslashgan. Magnoliyadoshlarda esa, aksincha, gullari sodda tuzilgan boʻlsada, oʻtkazuvchi naylar sistemasi tuzil ishi evolyutsiya nuqtayi nazaridan ancha ilgari surilgan.