GESTAPO

GESTAPO (nem. Gestapo, Geheimc Staatspolizei ning qisqartirilgani) — fashistlar Germaniyasida maxfiy davlat politsiyasi. 1933-y. apr. da natsizmga qarshi muxolifatni jismonan yoʻqotish maqsadida tuzilgan. Germaniyadan tashqari G. agentlari josuslik b-n shugʻullanib, siyosiy qotilliklarni amalga oshirgan. Gestapo ayniqsa 1939—45 y. lardagi 2-jahon urushi davrida faol harakat qilgan, qator ajal lagerlari tashkil etgan. Germaniyada fashizm tormor qilinganidan keyin Gestapo qonundan tashqari deb eʼlon etilgan. Nyurnberg protsessiaa Gestapo yuz minglab kishilarning halok boʻlishida aybdor jinoiy tashkilot, deb tan olingan.