GELIOGRAFIK KOORDINATALAR

GELIOGRAFIK KOORDINATALAR — quyosh sirtidagi obyektlar oʻrnini belgilaydigan mikdorlar — geliografik kenglik (f) va geliografik uzunlik (/). (sr) — quyosh sirtidagi aniqpanishi lozim boʻlgan nuqtaga xayolan oʻtkazilgan perpendikulyar bilan Quyosh ekvatori tekisligi orasidagi burchak. Quyosh ekvatorining fazodagi oʻrni quyosh sirtidagi obyektlarni kuzatish yoʻli bilan aniklanadi. Obyektlar ekvator tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻish burchagi / va Quyosh ekvatori tugun nuqtasining chiqish burchagi O. bilan belgilanadi. Ingliz astronomi R. K. Kerrington tomonidan 1854-y. uchun qabul qilingan qiymat: /=7° 15ʻ, Q=73°40/ishlatiladi. Geliografik koordinatalarga tegishli maʼlumotlar maxsus jurnalda yilning istalgan kuni uchun Grinvich vaqti bilan beriladi. Rasmda R — Quyosh aylanish oʻqining osmon sferasi proyeksiyasi bilan osmon meridiani orasidagi burchak, D — Yer — Quyosh yoʻnalishida oʻtkazilgan perpendikulyar bilan Quyosh oʻqi orasidagi burchak (—7°