GEYROVSKIY

GEYROVSKIY (Heyrovsky) Yaroslav (1890.29.12 – Praga – 1967.27.3) chex kimyogari. Chexoslovakiya FA aʼzosi (1952-y. dan). Praga un-ti prof. (1922-y. dan), Praga fizika-kimyo in-ti, Praga Davlat polyarografiya in-ti direktori (1950-y. dan), 1964-y. dan mazkur in-t uning nomi bilan atalgan. Tadqiqotlarning polyarografik usuli asoschisi. Yapon olimi M. Shikata bilan hamkorlikda analitik kimyo uchun birinchi polyarograf yasagan. Nobel mukofoti laureati (1959).