GDANSK

GDANSK — Polshaning shim. dagi shahar. Boltiq dengizi boʻyida, Visla daryosi sohilidagi yirik port. Xalqaro aeroport bor. Sopot va Gdinya sh. lari bilan Truymyasto sh. aglomeratsiyasini tashkil etadi. Gdansk voyevodaligining maʼmuriy markazi. Aholisi 465 ming kishi (1990-y. lar oʻrtasi).

Shahar ilk bor 997-y. da tilga olingan. 10—13-a. larda Sharqiy Pomor knyazligining markazi. 1793—1918-y. larda Prussiya qoʻl ostida, soʻngra Germaniya hukmronligida boʻldi. 1919-y. da «Erkin shahar» deb eʼlon qilindi. 1939-y. da nemis-fashist qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1945-y. da shaharni ozod qilishda oʻzbek generali Sobir Rahimov qatnashgan.

Gdansk portida yillik yuk ortib-tushirish qariyb 20 mln. t. G. orqali chetga kumir, yogʻoch-taxta va b. chiqariladi; chetdan ruda, fosfatlar va b. keltiriladi. Sanoatida mashinasozlik, ayniqsa kemasozlik, elektrotexnika yetakchi urinda. Kime (lak, boʻyeq), oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, tikuvchilik sanoati ham rivojlangan. Gdansk — muhim madaniyat markazi. Un-t, politexnika, ped., med., dengizchilik intlari, ilmiy muassasa va tashkilotlar, opera va drama teatrlari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan ratusha (14 — 15-a. lar), Bibi Maryam kostyoli (14—16-a. lar), Katta arsenal (17-a. boshlari) va b. saqlangan. Shahar 2-jahon urushi vaqtida katta zarar koʻrdi. Urushdan keyin qayta qurilib, yangi turar joy va jamoat binolari bunyod etildi.