GARNI

GARNI — qad. qalʼa va turar joy qoldigʻi. Yerevandan 27 km sharqda joylashadi arman podsholarining yozgi qarorgohi (mil. av. 2-a. — mil. 17-a.). Qalʼa devorida 7 toʻgʻri burchakli minora bor. Devor va minora chegalar bilan oʻzaro mustahkamlangan yirik bazalt toshlardan tiklangan. Arxeologik qazishlar natijasida Garnining eneolit va jez davridan tortib, to oʻrta asrlargacha boʻlgan bir necha madaniy qatlami aniqlangan. Sathiga rang-barang tosh terilgan katta hammom xarobasi (3-a.) va bir necha ibodatxona bor. Ibodat-xonalarning eng kattasi (4,82×16,02) majusiy qabilalarga mansub boʻlib, Kichik Osiyo ya. o. dagi ibodatxonalariga oʻxshashdir. Garni qabrlaridan jez va temirdan qilingan mehnat qurollari, harbiy aslahalar, zeb-ziynat buyumlari topilgan.