GARDUN

GARDUN (fors. — falak,osmon, aylana, taqdir) , gardoniya — 1) Oʻn ikki maqom turkumida 6 ovozadan birining nomi. Shu boisdan ovozalarning tarkibiy qismi murakkabotlarga nisbatan Garduniyaiy Buslik, Garduniyaiy Nigor nomlari qoʻllanilgan;

2) Shashmaqom tarkibidagi doyra usuli va shu usul joʻrnavozligida ijro etiladigan takroriy (aylanma) kuylar. Gardunlar Irokdan boshqa barcha maqomlarning cholgʻu qismidan oʻrin olgan va har bir maqom nomi bilan birga atalgan: G. i Buzruk, Garduni Rost va h. k. G. lar jozibali hamda yoqimli musiqa asarlaridir. Ularga xos koʻtarinki ruxdagi kuy tinglovchiga quvnoq, tantanavor kayfiyat bagʻishlaydi.