GANJA

GANJA (1804-1918-y. larda Yelizavetpol, 1935—89 y. larda Kirovobod) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar, Ganjasoy daryosi buyida. T. y. stansiyasi. Aholisi 282,2 ming kishi (1991). Yengil (paxta tozalash zdi, tuqimachilik, gilammovut k-tlari va b.) va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Alyuminiy, priborsozlik, chinni z-dlari va b. bor. 3 oliy Oʻquv yurti (shu jumladan Ozarbayjon q. x. akademiyasi), 2 teatr, oʻlkashunoslik, arxeologiya va etn. muzeylari mavjud. Ganjaga 7-a. da asos solingan. 12 — 13-a. larda Ozarbayjonning yirik savdo-xunarmandchilik va madaniy markazi. Ganja 18-a. da Ganja xonligining poytaxti. Guy Imom ibodatxonasi majmuasi (14 — 17-a. lar), Jome masjidi (17-a.) va b. saklangan.