GALVANOSTEREOTIPIYA

GALVANOSTEREOTIPIYA — bosma qolip tayyorlashning elektrolitik usuli (q. Stereotipiya). B. S. Yakobi kashf qilgan (1838). Boʻrtma bosma qolipi (klishe) dan mum, plastmassa yoki qoʻrgʻoshin matritsa tayyorlab olinadi. Soʻngra unga elektrolitik usulda yupqa (0,25—0,30 mm) mis, nikel yoki temir qatlami oʻstiriladi, natijada bosma relyefi (boʻrtmasi) hosil boʻladi; harflar boʻyi bilan tenglashtirish uchun orqasidan bosmaxona qotishmasi quyiladi va mexanik ishlov beriladi. Galvanostereotipiya quyma stereotiplarga nisbatan ancha aniq bosishga imkon beradi, katta bosimga chidaydi. Bu usul koʻp rasmli kitob va jur., rangli reproduksiyalarni koʻp nusxada bosishda qoʻllaniladi.