GALTEL (nem. Hohlkehle – oʻyiqcha, nov) — 1) buyum (detal)larning bir sirtidan ikkinchisiga ravon oʻtiladigan joyi. Galtel buyumlarning mustahkamligini oshiradi, ichki kuchlanishini kamaytiradi;
2) yuz tomoni shakldor qilib yoʻnilgan ensiz uzun yogʻoch. Mebel i. ch. va qurilishda ishlatiladi;
3) randaiint bir turi; taxta sirtini shakldor qilib randalash uchun ishlatiladi.