GALLEY

GALLEY (Halley) Edmund (1656.29.10, Xaggerston, Angliya — 1742.14.1, Grinvich) — ingliz astronomi va geofizigi. Oksford un-ti prof. (1703), 1720 ydan Grinvich rasadxonasi direktori. Ilmiy ishlari sayyora va kometalarning harakati nazariyasiga, Yer magnetizmini tadqiq qilishga oid. Galley yulduzlarning xususiy harakatlari borligini aniqlagan. Bir kometa («Galley») uning nomi bilan ataladi. Yerdan Kuyoshgacha masofa (astronomik birlik)ni aniqlash usulini ishlab chiqqan. Osmonning Jan. yarim sharidagi 321 yulduz uchun katalog (jadval)ni (1676—78), 1698—1700-y. lardagi ekspeditsiya natijasida birinchi mukammal geomagnit xaritani tuzgan (1701).