GALAOSIYO

GALAOSIYO — Buxoro viloyatidagi shahar, Buxoro tumanы markazi. Viloyat markazidan 9 km, yaqin t. y. stansiyasi — Kogondan 21 km. Aholisi 12,6 ming kishi (2001). Galaosiyoda paxta tozalash z-di, paxta punkta, q. x. mashinalarini taʼmirlash ustaxonasi, maishiy xizmat koʻrsatish k-ti, sut-yogʻ, non z-dlari bor. Q. x. kasbhunar kolleji (450 oʻrinli), oʻrta maktab, kutubxona, madaniyat saroyi, tugʻruqxona, poliklinika va tuman kasalxonasi mavjud.