GAYMANOV MOZORQOʻRGʻONI

GAYMANOV MOZORQOʻRGʻONI — qad. mozorqoʻrgʻon (mil. av. 4-a.). Ukrainadagi Zaporojye viloyatining Vasilyev tumanidagi Balki qishlogʻi yaqinida joylashgan. Qoʻrgʻon atrofi tosh terib (toshgʻov) ihotalangan. 1969—70 y. larda tekshirilgan. Gaymanov mozorqoʻrgʻonidan skiflarning «hayvon uslubi»da ishlangan 250 san ziyod oltin bezaklari, shuningdek qurolyarogʻ, sopol idishlar, koʻplab roʻzgʻor buyumlari topilgan. Skif jangchilarining boʻrtma tasviri tushirilgan kumush zarhal idish ayniqsa diqqatga sazovor.