GAY

GAY (Gaius) (?—?) — 2-a. Sabin maktabiga mansub Rim huquqshunosi. Imperator mutlaq hokimiyati hamda cheklanmagan xususiy mulkchilik tarafdori boʻlgan. Rim xususiy huquqiga oid darslik («Institutsiya») muallifi. Gay darsligidan ayrim garb mamlakatlari qonunchiligida (mas, Fransiya fuqarolik kodeksi, 1804) foydalanilgan (yana q. Rim huquqi).