GAZ SINGDIRUVCHANLIK

GAZ SINGDIRUVCHANLIK — bosim oshganda yoki kamayganda jism orqali gaz oʻtishiga asoslangan qattiq jism xossasi. Qattiq jism tuzilishi va bosimlar farki kattaligiga qarab, Gaz singdiruvchanlikning diffuzion oqim, molekulyar effuziya, laminar oqim xillari boʻladi.

Qattiq jismlar (maye, polimer plyonkalar yoki yopmalar)da gʻovaklar boʻlmaganda Gaz singdiruvchanlikning diffuzion oqim xili vujudga keladi. Bunda gaz qattiq jism chegara qatlamida erib, diffu-ziyalanadi va jiyemning boshqa tomonidan ajralib chiqadi.

Gaz singdiruvchanlikning molekulyar effuziya xilida gaz jism gʻovaklaridan sizib oʻtadi. Bu gʻovaklarning diametri gaz molekulalarining oʻrtacha erkin yugurish uzunligi X dan kichik boʻlishi kerak (bosim 10~3-N0~4 mm sim. ust. boʻlganda; 1 mm sim. ust. =133,322 N/m2).

Jism gʻovaklarining diametri erkin yugurish uzunligidan ancha katta boʻlganda Gaz singdiruvchanlik niig laminar oqim xili vujudga keladi.

Moddaning Gaz singdiruvchanlik koeffitsiyenta/ʻ(mʻ/s-N yokism2/s-at; 1 sm2/s-at=1,0210-»m4/ s-N) bosim bir birlikka kamayganda jismning gaz oqimiga tik boʻlgan yuza birligi orqali 1 s da oʻtgan gaz hajmi bilan tavsiflanadi. Koeffitsiyent R gaz tabiatiga bogʻliq. Quyida baʼzi mate-riallarning 20°S dagi 7*(sm2/s-at) qiymatlari berilgan: Metallar………………………..10-18-10-ʻ2 Shisha……………………………Yu-15—10-ʻ° Polimerlar (plyonkalar)… 10»12—10~5 Suyuqpiklar…………………….10~7—10~5 Qogʻoz, charm………………………..10—5—10 Amorf polimerlar (kauchuklar) eng katta, kristall polimerlar (maye, polietilen) ancha kichik, shishasimon polimerlar juda kichik Gaz singdiruvchanlikga ega.