GAZ OMBORI, yer osti gaz ombori — gaz saqlanadigan tabiiy yoki sunʼiy rezervuar. Yer usti va yer osti Gaz ombori lariga boʻlinadi. Yer osti Gaz ombori sanoat ahamiyatiga ega, chunki ularda katta miqsorda (bir necha mln. dan mlrd. m3 gacha) gaz saqlash mumkin. Yer osti Gaz ombori samarasi juda yuqori hamda xavfsiz. Gaz omborining xalq xoʻjaligida yoqilgʻiga boʻlgan mavsumiy talab oʻzgaruvchanligini meʼyorlashtirishda muhim iqtisodiy ahamiyati bor. Ularning bir turi neft yoki gazi tugagan boʻshliqlarda, Yerning suvli qatlamlarida (gaz suv ichiga qamaladi) qurilishi mumkin. Bunday omborlarda tabiiy gaz gaz holatida saqlanadi. Uning boshqa turi tashlandiq shaxta, tunnel, gʻorlar, konlarning qazilgan yoʻllarida quriladi. Togʻ jinslari boʻshliqdarida gaz aksariyat hollarda atrof haroratida va 0,8—1,0 Mn/m2 (8—10 kgk/sm2) va undan ortiq bosimda siqilgan holda saqlanadi. 60-y. lardan boshlab tabiiy gazni sanoat miqyosida yer usti va yer osti omborlarida atmosfera bosi-mida, past haroratda, suyuq holatda saklash qoʻllaniladi. Ishlatib boʻlin-gan neft va gaz konlari oʻrnida quri-ladigan Gaz ombori arzon hamda qulay hisoblanadi.
Birinchi yer osti Gaz ombori 1915-y. Kanada-da ishlatib boʻlingan kon oʻrnida qurilgan. Gazni yer ostida saklash AQSH da rivojlangan. Germaniya, Polsha, Fransiya va b. mamlakatlarda ham yer osti Gaz ombori lari mavjud. Rossiyada dastlab 1958-y. da Samara viloyatida Bashkatov yer osti Gaz ombori gazdan boʻshagan kon oʻrnida bunyod etilgan. I. A. Charnovning nazariy ishi asosida yer osti suvli qatlamlarida gaz saqlash texnologiyasi dunyoda birinchi bor ishlab chiqildi (Sankt-Peterburg, Gatchinsk T. o. ; 1963). Shyolkovsk Gaz ombori dunyodagi yirik Gaz ombori lardan biri [3,0 mlrd. m3 gaz 11 Mn/m2 (PO kgk/sm2) bosimda saklanadi].
Oʻzbekistonda asosan yer osti Gaz omborilari 60-y. lar oʻrtalaridan «Oʻztransgaz» davlat birlashmasi tizimida kurila boshladi. 1965-y. Oʻzbekistan va Qozogʻiston chegarasida birinchi T. o. — Pol-torask Gaz ombori yer osti suvli qatlamida quriddi (45 burgʻi qudugʻi boʻlib, 1995 — 96 yilgi mavsumda olingan gaz hajmi 345 mln. m3 boʻldi). 1978-y. da esa Oʻzbekiston va Qirgʻiziston xududida 1-Shim. Soʻx G. o. bunyod etiddi (72 burgʻi qudugʻi boʻlib, 1996-y. da undan olingan gaz hajmi Oʻzbekistondagi barcha Gaz ombori lardan olingan gazning 14% ni tashkil qildi). 1983-y. dan Qirgʻizistonda Moylisuv G. o. qurildi (5 burgʻi qudugʻi bor; suv qatlamida yigʻilgan gaz radiusi 7—8 km ga boradi). 1984-y. da 2-Shim. Soʻx Gaz ombori bunyod etilgan (45 burgʻi qudugʻi bor). 1988-y. ga kelib Gazli G. o. quriddi (bu Gaz ombori hajm jihatidan ancha katta boʻlib, 205 burgʻi qudugʻi bor). Bu G. o. dagi bosimning nihoyat pastli-gi (1,0 kgk/sm2) jahon tajribasidagi yagona holat sanaladi. 1999-y. da Xoʻjaobod G. o. (Andijon viloyati) ning 1-navbati ishga tushiriddi. Hoz. barcha Gaz ombori larning imkoniyatlari gaz isteʼmolidagi mavsumiy oʻzgarishlarning 70 — 75% ni tartiblashga yetadi. Yoqilgʻiga boʻlgan mavsumiy talab oʻzgaruvchanligini yanada barqarorlashtirish maqsadlarida yangi Gaz ombori bunyod etish ustida (maye, Toshkent viloyatida yangi Gaz ombori qurish boʻyicha) izlanishlar olib borilmoqda.
Akbarxoʻja Rahimov.