GABSBURGLAR

GABSBURGLAR (Habsburger) – Avstriyada hukmronlik qilgan sulola (1282-y. dan gersoglar, 1453-y. dan ersgersoglar, 1804-y. dan Avstriya imperatorlari). 1526-y. Chexiya va Vengriyani (u yerlarda qirol deb atalganlar) va b. hududlarni qoʻshib olib koʻp millatli ulkan davlatni (1867—1918-y. larda Avstriya-Vengriya) monarxlari boʻlganlar. Gabsburglar «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatorlari (1438— 1806-y. larda doimiy ravishda, 1742—45 y. lardan tashqari), shuningdek Ispaniya qirollari (1516—1700) ham edilar. Asosiy vakillari: Karl V, Filipp II (Ispaniyada), Mariya Tereziya, Iosif II, Frans Iosif I. G. ijtimoiy taraqqiyot dushmanlari, Yevropa xalqlarining milliy ozodlik harakatlarini boʻgʻuvchilar sifatida tarixda nom qoldirishgan. Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibiga kirgan oʻlkalarda mustamlakachilik siyosatini yuritganlar.