GABRLAR

GABRLAR (fors.) — 1) asosan oʻrta asrlarda nomusulmonlarning musulmonlar orasidagi nomi.

2) Eronda zardushtiylikka eʼtiqod qiluvchilar. Arab istilolaridan soʻng Hindistonga koʻchib ketgan Gabrlarning hozirgacha yashayotgan avlodlari u yerda forslar deb ataladi.