GABRIYEL

GABRIYEL (Gabriel) Jak Anj (1698.27.10 – Parij – 1782.4.1) – fransuz meʼmori. 18-a. klassitsizm asoschilaridan biri. 1742-y. dan qirolning birinchi meʼmori va meʼmorlik akademiyasining prezidenti. Gabriyel loyihasi asosida qurilgan binolar aniq va yorqin shakldaligi, bezaklarining nafisligi b-n ajralib turadi [Versaldagi Kichik Trianon (1762—64), Parijdagi Lyudovik XV maydoni (hoz. Totuvlik maydoni) loyihasi va qurilishi (1753—75) va b. ning muallifi].