GABR QALʼA

GABR QALʼA, Gavr qalʼa — Urta Osiyodagi qad. qalʼalar xarobasi. Islom dini tarqalgunga qadar (8-a.) Oʻrta Osiyo aholisi otashparastlik (zardushtiylik) diniga eʼtiqod qilgan boʻlib, ularni «gabr» yoki «mugʻ» deb ataganlar. Gabrlar xoʻjalik va harbiy mudofaa uchun koʻplab qalʼa va qoʻrgʻonlar barpo etganlar. Otashparastlarning qalʼa va qoʻrgʻonlari vayronaga aylanib asl nomi yoʻqolib ketgach, aholi oʻrtasida ular «gabr qalʼa» yoki «gabrlar qalʼasi» deb ataladigan boʻlgan.

Hoz. arxeologik qazishlar natijasida Oʻrta Osiyo xududida shunday kalʼalarning oʻnlab qoldiqpari topib oʻrganilgan:

1) Marv (Turkmanistondagi hoz. Mari yaqinida) sh. ning eng qad. qismi xarobasi, parfiyaliklar yashagan Murgʻob vohasining markazi. Mayd. 3,5 km2. Shim. qismida qalʼa qoʻrgʻoni joylashgan. Arxeologik qazishlar paytida metall buyumlar ishlanadigan ustaxonalar, ibodatxona, koʻshk qoldiqlari va tegirmonchilar guzari ochilgan. 8 — 9-a. larga keltanda Marv sh. ning markazi Sulton qalʼaga koʻchib, Gabr qalʼa arki xarobaga aylanadi. Shunga qaramay, kulolchilar mahallasida hayot yana ancha yillar davom etgan. Gabr qalʼada 8—9-a. larga mansub masjid xarobasi ham topilgan; 2) Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidagi Sulton Uvays togʻining etagi (Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani) da joylashgan qalʼa xarobasi. Qad. Xorazm madaniyatiga aloqador boʻlib, 4-a. da qurilgan. Mayd. 200×450 m2 atrofida. Kushonlar davlatining shim. tomondagi tayanch istehkomi boʻlib, Amudaryoda kemalar qatnovini nazorat qilib turgan. Qalʼa paxsa va xom gʻishtdan tiklangan boʻlib, qalin devor bilan oʻrab olingan; ikki qavatli shinakxonalarga ega bir necha minorasi bor. Qazish paytida uy-joy qoldiqlari, devorlari nakshlangan zal, tosh poydevorli ustunlar qoldigʻi va haykallar topilgan; 3)Chirmanyob kanalining quyi qismi (Turkmanistonning Toshhovuz viloyati)da joylashgan qad. Xorazm madaniyatiga oid qalʼa xarobasi. Mil. av. 1-a. da qurilgan. Mayd. 450×125 m2. Bu yer qadimda obod voha boʻlib, dovon oʻzanida suv qurigandan keyin xarobaga aylangan. 5—6-a. larda Xorazm hukmdorlari Gabr qalʼaning bir qismini yangidan tiklab, undan harbiy istexkom sifatida foydalanganlar. Aholi quduqlardan ham foydalangan. Gabr qalʼa tepaligining ustida 3—4-a. larga mansub ark qoldigʻi hozirgacha saqlangan.

Ad.: Tolstoye S. P„ Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964.