GABORONE

GABORONE — Botsvanashnt poytaxti. Mamlakatning jan.-sharqida, Mozambik va JARning port shaharlariga boradigan t. y. yonida. Aholisi 134 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Gaborone mamlakatning savdo shahri. Aholisining koʻp qismi q. x. bilan shugʻullanadi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari, aeroport, un-t bor.