GAVOR

GAVOR Dennis (Denesh) (1900.5.6, Budapesht — 1979) — venger fizigi, golografiya asoschisi. 1927-y. dan Germaniyada, 1934-y. dan Buyuk Britaniyada, 1967-y. dan AQSHda. Golografiyaning umumiy nazariyasini ishlab chiqqan (1948—51) va dastlabki gologrammalarni hosil qilgan, birinchi golografik mikroskopii yaratgan. Ilmiy ishlari elektronika, optika, axborotlar nazariyasi, aloqa nazariyasiga oid. Nobel mukofoti laureata (1971).