FURYE

FURYE (Fourier) Fransua Mari Sharl (1772.7.4, Bezanson — 1837.10.10, Parij) — fransuz sotsiologi, utopik sotsialist. Burjua tuzumini tanqid qilib, boʻlajak jamiyat rejasini ishlab chiqqan. Uningcha, inqirozni boshidan kechirayotgan sivilizatsiyalashgan jamiyat oʻrniga uygʻunlikka asoslangan, insonning barcha krbiliyatlari namoyon boʻladigan oliy ijtimoiy tuzum keladi. Bu jamiyatning boshlangʻich yacheykasi sanoat va q. x. ishlab chiqarishini birlashtiruvchi «falanga» (juda katta jamoa) lardir. Furyega koʻra, sotsialistik gʻoyalarni tinch yoʻl bilan targʻib qilish orqali yangi jamiyat qaror topadi. Asosiy asarlari: «Toʻrt harakat va mushtarak takdirlar nazariyasi» (1808), «Jahon birligi nazariyasi» (1822), «Uy va yer ishlari uyushmasi haqidagi risola» (1822), «Yangi xujalik sotsiyetar dunyosi» (1829).