FABRIKA

FABRIKA (lot. fabrica — ustaxona) — mashina tizimlarini qoʻllashga asoslangan sanoat korxonasi, yirik mashinalashgan i. ch. shakli. Fabrika 18-a. oxiri va 19-a. ning 1-choragida paydo boʻldi. Yevropaning ayrim mamlakatlarida, shuningdek, Oʻzbekistonda tarixan «f.» tushunchasi yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalariga nisbatan qoʻllaniladi.