FAVQULODDA HOLAT

FAVQULODDA HOLAT — davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning aloxida ish rejimi. Bunda fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda yuridik shaxslarning huquklariga maxsus qonun bilan belgilangan cheklashlarga yoʻl qoʻyiladi, shuningdek, ularga qoʻshimcha majburiyatlar yuklanishi mumkin. Favqulodda holat, odatda, vaqtinchalik tadbir boʻlib, real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, ichki qurolli mojarolar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashni koʻzlab joriy etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93moddasi 19bandiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta respublikaning butun yoki uning ayrim joylarida Fd. joriy etadi va qabul qilgan qarorini Z kun ichida Oliy Majlisning palatalari tasdigʻiga kiritadi.