FAVVORA

FAVVORA, fontan — sunʼiy bosim ostida yuqoriga otiluvchi suv oqimi va uni hosil qiluvchi inshoot. Dastlab Favvoradan ichimlik suvi manbai sifatida ham foydalanilgan, keyinchalik shahar maydonlari, saroy va bogʻlarni bezash, havoni salqinlashtirish vositasi sifatida qoʻllanilgan. Favvoralar quduq, chashma, hovuz kabi suv inshootlari bilan boglik. Favvorada meʼmorlar tomonidan oqar suvning badiiyestetik jihatlari va shifobaxshligi namoyon qilingan. Ellinizm davrida meʼmoriy mujassamot markazini belgilashda daraxt, haykal bilan bir katorda Favvoralar ham muhim urin tutgan (Gerkulanumlaph «terrasa» uylari va b.). Koʻpincha serhasham qilib quriladi. Favvora larning bezak jihati Magʻribdagi haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan Madinash azZahra saroy majmuasitsa, jez va tilladan ishlangan alHumro saroyi Favvora larida oʻz aksini topgan. Shoh. Abbos davrida Isfahon (Eron) xiyobonida koʻpgina hovuzlarni Favvoralar jonlantirib turgan (XashtBihisht koʻshki oʻrtasidagi 8 qirrali hovuzda qurilgan Favvora, Chihel sutun koʻshkida hovuz burchaklaridagi poyustunga ishlangan sher shaklidagi marmar haykalli Favvoralar). Yevropada Upgʻonish davri va Barokko davrlarida saroybogʻlar mujassamotida Favvoralar muhim oʻrin egallagan (mas, Tivolidagi dʻ Estye villasi, 1550—72, meʼmori P. Ligorio). Klassitsizmning serhasham Favvora lari (Versaldagi Katta kanal, Appolon va Laton Favvoralari, Petrodvorespagi Katta kaskad kabilar) ulugʻvorligi bilan ajralib turadi. Turkiyadagi Favvora — chashmalar uy devoriga tutash peshtoqsimon yarim doira shiypon yoki rotonda ichiga qurilgan. 18-a. dan Favvoralar ochiq maydonlarda murabba, koʻpburchak yoki doira tarhli qilib qurilgan, marmar bilan qoplanib, bejirim koʻrinishga ega boʻlgan; sirtlari ravoklar, jez panjaralar bilan bezalgan (Turkiyaning Toʻpqopu saroyidagi Favvora).

Oʻrta Osiyoda Favvora qurilishi 14—15-a. larda keng rivojlangan. Amir Temur boglariga ishlangan Favvoralar xaqida yozma maʼlumotlar saqlangan. Bu F. larga suvlar maxsus moslamalar (sopol quvurlar) dan kelib, hovuzlarga tushib ariqchalar orqali tashqariga oqib chiqqan. Hovuz atrofi har xil rangdagi marmar toshlar, rangbarang gullar tasviri bilan bezatilgan. Hovuzlarga quyiladigan ariqchalarning qirgʻoklari ham marmar toshlar bilan qoplangan. Qoʻlyozma kitoblar (mas, Nizomiyning «Xamsa», Boburning «Bobirnoma» va b.)ga ishlangan miniatyuralarda Favvora namunalari aks ettirilgan.

Oʻzbekistonda Favvora, asosan, madaniyat va istirohat bogʻlarida, shahar maydonlarida, jamoat binolari oldida bunyod etilgan (Toshkentdagi teatr maydoni, 1947; Xadra maydoni, 1952—53; Navoiydagi «Farhod» va «Oʻzbekiston daryolari», 1970 va b.). Mustaqillik maydonidagi Favvoralar (1970—74) katta texnik imkoniyatga ega boʻlgan, qator joʻmrakli, ajoyib manzarali murakkab muhandislik inshooti hisoblanadi.

Hoz. zamon F. lari fantexnika yutuqlari asosida bunyod etilmokda, Oqshomda ular harakatdagi rangli nurlar bilan yoritiladi. Suvning shovullash ovozi musiqiy ohanglar bilan muvofiklashtiriladi.