FURGON

FURGON (frans. fourgon) — yuk yoki yukyoʻlovchi avtomobili va tirkamaning usti yopiq kuzovi. Umumiy ishlarga moʻljallangan va maxsus xillarga boʻlinadi. Maxsus Furgonning ichi muayyan bir yuk turini (mas, mebel, non mahsulotlari va b.) tashish uchun moslashtirilgan boʻladi. Furgon korpusi fakdt metall (sinchi ham, qoplamasi ham metall) yoki yogochmetall (sinchi yogʻoch, qoplamasi metall) dan yasalishi mumkin. Yukni ortish va tushirish oson boʻlishi uchun Furgonga ikki tavaqali orqa (baʼzan, yon) eshik kilinadi. Kam (1t gacha) yuk tashish uchun moʻljallangan ixcham Furgon larning kabinasi yuk kuzovi bilan birlashgan boʻladi, lekin kuzov kabinadan oynavand toʻsiq bilan ajratiladi.