FTIZIATRIYA

FTIZIATRIYA (yun. phthisis — oriqlash, darmonsizlanish va iatreia — davolash) — tibbiyotning bir boʻlimi. Sishing kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmi, klinikmorfologik alomatlari, davolash, oldini olish choralarini oʻrganadi. «Ftiziatriya» termini fanga Gippokrat tomonidan kiritilgan. Ftiziatriya mustaqil ilmiyamaliy fan sifatida terapiyatsap ajralib chiqqan. Davolashprofilaktika muassasalari va ilmiy tadqiqot intlari silga qarshi kurashni uyushtiruvchi tashkiliy metodik markazlar boʻlib, silga qarshi dispanserlar, sanatoriylar, kasalxonalar ishini boshqarib turadi, silning turli shakllarini davolash, oldini olish usullarini, shuningdek, Ftiziatriyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Ftiziatriyada klinik, rentgenradiologik, endoskopik, epidemiologik, funksional, ultratovush tekshiruvi, shuningdek, biokimyoviy, bakteriologik, immunologik usullar va h. k. qoʻllanadi. Ftiziatriyaning ftizioxirurgiya, ftiziopediatriya, ftiziourologiya, ftizioginekologiya singari sohalari bor. F. da gigiyena va sanitariya rejimi, sunʼiy pnevmotoraks, simptomatik va xirurgik davodan tashqari maxsus dori vositalaridan ham foydalaniladi.

1932-y. Samarqandda Sil kasalliklari i. t. instituta tashkil etilib, 1935-y. mazkur int Toshkentga koʻchirilgan. Shundan boshlab Oʻzbekistonda silga qarshi kurash ishlari ancha kuchaytirildi va Ftiziatriya faniga asos solindi.

Ftiziatriya fani Oʻzbekistonda asosan 40-y. lardan tez rivojlandi. Bunda, asosan, Oʻzbekiston Sil in-ti xodimlari: akad. Sh. A. Alimov (ilk bor sil kasalligi reabilitatsiyasini ishlab chiqqan), prof. R. A. Aʼzamov, A. A. Saidahmedov, A. A. Kalonxoʻjayev va b. olib borgan ilmiy izlanishlar va kuzatishlar muxim ahamiyat kasb etdi. Shu int xodimlari tomonidan Oʻzbekistonda silning tarqalish darajasi, uning sabablari oʻlka sharoitlarini hisobga olgan holda atroflicha oʻrganildi. Silni aniqlash va davolashning yangi usullari, chunonchi dorilarni nafas yoʻllari orqali kiritish (ingalyatsiya usuli), kimyoviy preparatlarni organizm immunitetini oshiruvchi moddalar b-n birga qoʻllash (immunokimyoterapiya), mikroelementlar va vitaminlar, shuningdek, mehnat bilan davolash usullari ishlab chikildi va keng tatbiq etildi.

Keyingi yillarda respublikada yuzaga kelgan ekologik oʻzgarishlarni silning kelib chiqishi va kechishiga taʼsiri hamda bemorlarni davolash usullari ustida ilmiy ishlar olib borildi.

Hoz. kunda Ftiziatriyaga oid i. t. lar pulmonologiya sohasi bilan birga olib borilmoqda. Bu ilmiy ishlar va tadqiqotlarga akad. A. M. Ubaydullayev, prof. T. M. Qoriyev, SI. Orifxonova, M. E. Eshonxonov, Q. M. Maxamatov, R. Sh. Hamroqulov, P. X. Nazirov, G. A. Vohidova, A. B. Boltaboyev, M. A. Ibrohimov, D. Z. Muxtorov, K. Gʻofurov va b. katta xissa qoʻshmoqdalar. ToshTI, SamTI, Andijon tibbiyot inti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti va b. da Ftiziatriya kafedralari bor, ular sil kasalligining oldini olish, uni oʻz vaqtida aniklash va davolashning yangi usullari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Abdulla Ubaydullayev.