FRISH

FRISH (Frisch) Ragner Anton Kittil (1895.3.3 Oslo 1973.31.1) norveg iqtisodchisi, Norvegiya FA aʼzosi (1931). Oslo sh. dagi un-tda oʻqigan. Oslo un-ti huzuridagi Iktisodiyot in-ti direktori (1931—1965); Yel (1930), Sorbonna (1933) un-tlarida iqtisodiyot boʻyicha leksiyalar oʻqigan. Iqgisodiy nazariyada matematik yoʻnalish vakili. Ekonometrika asoschisi, birinchilardan boʻlib makro va mikroiqtisodiy taxlil sohalari chegaralarini koʻrsatdi, iqgisodiy jarayonlarni tahlil qilishda qoʻllaniladigan iktisodiy siklning dinamik modelini yaratgan. Iqgisodiymatematik programmalashtirish usullaridan foydalangan holda iqtisodiy rejalashtirishda qarorlar qabul qilish modelini ishlab chiqsi. Frish taklif etgan iktisodiy oʻsish usullari va modellari, shuningdek, milliy hisoblarnk tuzish tartiblari Norvegiya va b. mamlakatlarning byudjet, statistika organlari faoliyatida keng qoʻllanilgan. Iqgisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureatlaridan biri (Ya. Tinbergen bilan birga, 1969).