FRIZLAR

FRIZLAR — Niderlandiyadagi (400 ming kishi) va Germaniyadagi xalq. Umumiy soni 420 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Friz tilida soʻzlashadi. Dindorlari — kalvinistlar, bir qismi katoliklar. Asosiy mashgʻulotlari — q. x. va baliq ovlash. Niderlandiyadagi Frizlar gollandlarta yakin boʻlishlariga qaramay oʻziga xos madaniy anʼanalarini saqlab qolishgan.