FRIDRIX II Shtaufen (Friedrich Staufen) (1194—1250) — Germaniya qiroli (1212-y. dan), «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatori (1220-y. dan), Sitsiliya qiroli (1197-y. dan). Sitsiliya qirolligini markazlashgan davlatga aylantirgan. Papalik va Shim. Italiya shaharlari bilan kurash olib borgan.