FRANSIYA-PRUSSIYA URUSHI (1870—71) — Yevropada uz gegemonligini saqlab qolishga harakat qilgan va Germaniyani birlashishiga qarshi turgan Fransiya va bir qator german davlatlari b-n unga muxolif bulgan Prussiya urtasidagi urush. Urush jarayonida Fransiyadagi ikkinchi imperiya qulagan va Germaniyani Prussiya atrofida birlashtirilishi tugallangan. Sedan jangida (1870.1—2.9) fransuz armiyasi tormor kilingan. Prussiya qoʻshinlari Fransiyaning katta qismini bosib olishgan, 1871-y. dagi Parij Kommunasini bostirishda qatnashishgan. F. P. u. Frankfurt sulh shartnomasi (1871) bilan yakunlangan.