FRANS FERDINAND

FRANS FERDINAND (Franz Ferdinand) (1863—1914) — Avstriya ersgersogi, Frans Iosif I ning jiyani, valiaxd. 1898-y. dan bosh qoʻmondon oʻrinbosari, Bosniya va Gersegovinani anneksiya kilib olish tashabbuskorlaridan biri (1908). «Yosh Bosniya» yashirin guruh aʼzolari tomonidan Sarayevoda oʻldirilgan (q. Sarayevodagi qotillik).