FRANK DAVLATI

FRANK DAVLATI — ilk oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropadagi davlat (5-a. oxiri —843). 5-a. oxirida Gʻarbiy Rim imperiyasining Galliya viloyatini Xlodvig 1 rahbarligidagi franklar tomonidan bosib olinishi jarayonida vujudga kelgan. Buyuk Karlning harbiy yurishlari natijasida oʻz tarkibiga Gʻarbiy Yevropaning deyarli butun qismi va Markaziy Yevropaning bir qismini kiritgan. Frank davlatini merovinglar (751-y. dan), karolinglar (800-y. dan imperatorlar) sulolalari boshqargan. 843-y. dagi Verden bitimiga koʻra, Frank davlati hududi Buyuk Karlning nabiralari tomonidan oʻzaro taqsimlab olingan, xususan, Lotarga Italiya hududi, Reyn va Rona daryolari buyidagi yerlar (keyinchalik Lotaringiya) tekkan. Karl Kalboshga Reynning gʻarbidagi yerlar va Lyudovikka Reynning sharqidagi yerlar berilgan.